O‘zbekistonlik yosh musiqachi Italiyada o‘tkazilgan «Citta di Barletta» tanlovida gran-prini qo‘lga kiritdi
Italiyaning Barletta shahrida o‘tkazilgan yosh musiqachilarning «Citta di Barletta» deb nomlangan yigirma sakkizinchi xalqaro tanlovida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Tanlovda Italiya, Rossiya, Sloveniya, Litva, Estoniya, Chexiya, Ruminiya, Polsha, Portugaliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Xitoy va boshqa davlatlarning yosh musiqachilari qatnashdi.
V.P.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 8-sinf o‘quvchisi Bahodir Rahimov skripka yo‘nalishida, 2-sinf o‘quvchisi Asilbek Mirzaahmedov skripka yo‘nalishining «Junior» kategoriyasida o‘z mahoratini namoyish etdi.
Yosh musiqachimiz Asilbek Mirzaahmedov Gran-priga sazovor bo‘ldi. Bahodir Rahimov esa birinchi o‘ringa munosib topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter