O‘zbekistonga 5 oyda 2,8 mln nafar sayyoh keldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar–may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan.
2024-yilning 5 oyida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni:
- Tojikiston — 871,5 ming nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 857 ming nafar;
- Qozog‘iston — 498,2 ming nafar;
- Rossiya — 289,6 ming nafar;
- Turkmaniston — 53,8 ming nafar;
- Turkiya — 42,1 ming nafar;
- Hindiston — 23,2 ming nafar;
- Xitoy — 22,8 ming nafar;
- Italiya — 15,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 15,1 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 148,7 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter