Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Monte-Karlo kimoshdi savdosida «O‘liklar kitobi» sotildi

Monte-Karlo kimoshdi savdosida «O‘liklar kitobi» sotildi

Foto: «LifeGlobe»

«Le Parisien» yangiliklar agentligiga asoslanib, «REGNUM» axborot agentligi xabar berishicha, Monte-Karloda (Monako knyazligi) 13-oktyabr kuni o‘tkazilgan kimoshdi savdosida «O‘liklar kitobi» sotildi.

Qadimgi Misr papirusining uzunligi 17 metr bo‘lib, u «O‘liklar kitobi»ning miloddan avvalgi 594-588-yillarda ko‘chirilgan nusxasi sanaladi. Kitob 192 bobdan iborat, qora va qizil rangli rasmlar bilan bezatilgan.

Ekspertlarning fikricha, bosh qismini aytmaganda, hujjat juda yaxshi saqlangan.

Qadimgi Misr adabiyotining ushbu namunasi shu paytgacha Fransiyada yashovchi fuqarolarga tegishli edi. Endi kitob nomi oshkor qilinmagan xaridorga o‘tdi, u buning uchun 1,35 million yevro to‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring