Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda 2,5 ming yillik tarixga ega 27 ta qabr topildi

Misrda 2,5 ming yillik tarixga ega 27 ta qabr topildi

Foto: «Instagram»

Misr poytaxti Qohiradan 30 kilometr olisda, qadimiy qabristondagi muqaddas qadamjo — Sakkarda qazishma olib borayotgan arxeologlar 2,5 ming yildan uzoq tarixga ega qabrlarga duch kelishdi.

Arxeologlar avval ochilmagan jami 27 ta sarkofag (qabr)ni aniqlashdi, deb yozmoqda VVS.

Sakkarda uch ming yillar avval qabriston sifatida foydalanilgan ushbu joy YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: «Instagram»
Foto: «Instagram»

Sentyabr boshlarida arxeologlar 13 ta, keyinroq esa 14 ta yorqin ranglarga bo‘yalgan, yaxshi saqlangan sarkofaglarni topishdi. Shuningdek, turli buyumlar ham chiqdi. Ekspertlar arxeologlarning topilmasini jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri deyishmoqda.

Qazishmalar davom etyapti, arxeologlar 11 metr chuqurlikda ishlashyapti. Ular bu sarkofaglar kimlarga tegishli bo‘lganini aniqlashmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring