Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya va Ozarbayjon o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Italiya va Ozarbayjon o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 26 may kuni Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov vazilik tasarrufidagi R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o‘tkazilgan Italiya va Ozarbayjondagi xalqaro tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Joriy yilning 16-21 may kunlari Italiyaning Barletta shahrida bo‘lib o‘tgan «Città di Barletta» nomli 33-Xalqaro yosh ijrochilar tanlovida Italiya, Germaniya, Bolgariya, Xitoy, Kanada, Rossiya, Birlashgan Arab Amirligi, Ukraina, Tailand, Koreya, Marokash, Serbiya, Isroil, Sloveniya, Polsha, Irlandiya, Armaniston kabi davlatlar qatori O‘zbekiston Respublikasidan R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabidan 4 nafar o‘quvchisi munosib qatnashdi.

Mazkur maktabning 2-sinf o‘quvchisi Sevinch Azimova 1-o‘rinni, 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Sobitjonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va D.Amanullayevaning «Amir Temur tushlari» asarining ijrosi uchun Maxsus mukofot bilan taqdirlandi hamda tanlovning yopilish marosiga bag‘ishlangan gala-konsertda ishtirok etdi.

11-sinf o‘quvchisi Alisa Salyaxova esa 2-o‘rinni egalladi. 8-sinf o‘quvchisi Saidshoh G‘ulomov Gran-Pri bilan taqdirlandi hamda tanlovning yopilish marosiga bag‘ishlangan gala-konsertda ishtirok etdi.

Shuningdek, joriy yilning 16-23 may kunlari Boku shahrida o‘tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivalida ham vakillarimiz munosib qatnashib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

Festivalda vazirlik tasarrufidagi R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni, ikki nafar Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayevlar 2-o‘rinni, shuningdek, bir nafar Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Og‘abek Axtamov faxrli 3-o‘rinni egalladi.

«Eng yosh mug‘om ijrochisi» sifatida R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring