Igor Talkovni kim o‘ldirgan? 33 yildan so‘ng tergov yakunlandi
Rossiya tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bosh boshqarmasi qo‘shiqchi Igor Talkovning o‘limi bo‘yicha tergovni yakuniga yetkazdi.
Tergov talqiniga ko‘ra, qotil — xonandaning konsert direktori Valeriy Shlyafman. Aytilishicha, 1991-yil 6-oktyabr kechki payt «Yubileyniy» sport saroyida direktor artistlardan biri Igor Malaxov bilan nizolashib qolgan. Shlyafman to‘pponchada Malaxovni otishga uringan, biroq o‘q «Talkovga o‘limga olib keluvchi jarohat yetkazgan».
Tergov qo‘mitasi «Isroilda yashiringan» Shlyafman 1992-yildayoq ehtiyotsizlik oqibatidagi qotillikda sirtdan ayblanganiga e’tibor qaratdi. Biroq 2021-yilda tergov yangilanib, TQ «Shlyafmanning qasddan uyushtirilgan qotillikka daxldorligi to‘g‘risida» xulosaga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter