Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng madaniy shahri aniqlandi

Dunyoning eng madaniy shahri aniqlandi

Foto: «Radionetplus.ru»

Sankt-Peterburg ketma-ket uchinchi marotaba «World Travel Awards» mukofotini qo‘lga kiritdi — u dunyoning eng madaniy shahri.

— WTA-2018 talqiniga ko‘ra, Sankt-Peterburg jahondagi yetakchi madaniy yo‘nalish deb topildi, — deyiladi qo‘mita saytida.

«Eng yaxshi madaniy yo‘nalish»da Rossiyaning shimoliy poytaxti Parij, London, Nyu-York, Rio-de-Janeyro kabi shaharlarni ortda qoldirdi. Xuddi 2016 va 2017-yillardagi kabi.

«World Travel Awards» 1993-yili Londonda ta’sis etilgan. Ba’zilar uni «sayyohlik yo‘nalishidagi Oskar» deyishadi. G‘olib ikki bosqichda — onlayn ovoz berish va ekspertlar bahosi orqali aniqlanadi. Asosiy mezonlar: xavfsizlik, xizmat sifati va infratuzilma.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring