Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Deylik, Ozodbek  Nazarbekovga Tatariston xalq artisti unvoni berilsa...»

«Deylik, Ozodbek  Nazarbekovga Tatariston xalq artisti unvoni berilsa...»

Kecha Adliya vazirligida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘yicha brifing o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Tadbirda mutasaddilar ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob berish jarayonida qonun loyihasining o‘ta daqiq nuqalariga izoh berishdi.

Xususan, loyihaning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ruxsatisiz xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el davlatlari tashkilotlarining mukofotlari (faxriy va maxsus unvonlarni olish, ilmiy unvon va darajalar bundan mustasno) olishiga cheklov qo‘yilgan. Ayni normadan kelib chiqib, savol berildiki, mana — Ozodbek  Nazarbekov, u ayni paytda madaniyat vaziri, ya’nikim, davlat fuqarolik xizmatchisi, deylik, unga  Tartariston xalq artisti unvoni berilgudek bo‘lsa, ayni cheklov tatbiq etiladimi?

Adliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov bunday holatda cheklov qo‘llanmasligini bildirdi.  Chunki, Nazarbekovga bunday unvonga (mabodo, berilguday bo‘lsa) davlat fuqarolik xizmatchisi emas, balki xonanda sifatida loyiq ko‘rilgan bo‘ladi.

Shuningdek, qonun loyihasining 12-moddasi (Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari) bo‘yicha fikr bildirilar ekan, davlat fuqarolik xizmatchisi «davlat tilini bilishi  shart»ligi alohida band tariqasida kiritilishi taklif qilindi.

Taklif ma’qul keldi. Uning loyihadagi aksini esa vaqt ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring