Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Xitoy Fanlar Akademiyasi, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. kompaniyasi hamda O‘zbekiston olimlari jamoasi hammuallifligida yaratilgan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 rekombinanant vaksinasining III faza sinovlari natijalarining dastlabki statistik tahlillari yakunlandi.

Vaksinaning III faza xalqaro ko‘pmarkazli klinik tadqiqotlari 2020 yilning 10 dekabridan boshlangan bo‘lib, 18 yoshdan katta bo‘lgan jami 29 000 nafar kishini qamrab oldi. Mazkur tadqiqotlarda Xitoyning Xunan provinsiyasida, shuningdek O‘zbekiston, Indoneziya, Pokiston va Ekvador davlatlarida o‘tkazildi.

Ko‘ngillilar vaksina bilan 0, 1, 2 oy oralig‘ida 3 dozada emlandilar. 2021 yilning 30 iyun sanasiga kelib jami 28 500 nafar ko‘ngilli ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 14 249 nafari vaksina va 14 251 nafari platsebo olganlgi qayd etilgan. Mazkur ko‘ngillilardan 647 nafarida kasallik aniqlandi, ulardan 221 nafarida kasallik 3 ta doza vaksina olgandan so‘ng 7 kundan keyin aniqlandi (JSST protokoliga ko‘ra, 156 holda kasallik aniqlanishi kerak).

Dastlabki statistik tahlil to‘liq vaksinatsiyadan 7 kun keyin kasallanganlarning 35 nafari vaksina bilan, 186 nafari platsebo bilan emlanganini ko‘rsatdi. Bu vaksinaning 81,76% samarali ekanini anglatadi. JSST talablariga ko‘ra vaksina kamida 70 foiz samara berishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring