Zangiota shifoxonasida dunyoga kelgan chaqaloqlar soni ma’lum qilindi
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida ayni paytda qancha bemor bola va homilador ayol davolanayotgani ma’lum qilindi.
«Bugungi kunda shifoxonamizda 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davolanmoqda. Jonlantirish bo‘limida 2 nafar bemor bola shifokor va hamshiralarning nazorati ostida bo‘lib turibdi», — deydi shifoxona direktori o‘rinbosari H. Alimova.
Shuningdek, bemorlar orasida 64 nafar homilador ayol ham bo‘lib, ayni kunda ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida davolanyapti. E’tiborlisi, joriy yil boshidan buyon shifoxonada 422 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter