Yuziga yo‘lovchi tupurganidan keyin taksichi kasallanib o‘ldi
Taksi haydovchisi yo‘lovchidan koronavirus yuqtirishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Taksi haydovchisi Stratford hududida buyurtmani bajarayotgan edi, yo‘lovchi to‘satdan unga yo‘l haqini to‘lashdan bosh tortib, kamiga yuziga tupuradi va mashinadan tushib ketish chog‘ida yo‘lovchi o‘ziga koronavirus yuqqanligini va endi haydovchi ham bu dardga chalinishini aytadi.
61 yoshli taksi haydovchisi bir necha kundan keyin koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqiziladi. Uch hafta kasalxonada yotganidan so‘ng, u vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter