Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi aniqlangan kasalliklar ham aholi orasidan chiqdi

Yangi aniqlangan kasalliklar ham aholi orasidan chiqdi

2020-yil 22-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring