Yana uch viloyatda bemorlar koronavirusdan sog‘aydi
Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Shunday qilib, Namangan viloyatida COVID-19 dan forig‘ bo‘lganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi.
Bugun yurtimizda 85 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter