Yana ikki viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishiga oz qoldi
Bugun mamlakatimizda 52 holatda yangi kasallanish qayd etilishi barobarida 55 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi.
SSV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Buxoro (98 foiz) va Xorazm (98 foiz) viloyatlarida eng yuqori sog‘ayish ko‘rsatkichlari kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hududlar sanaladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda shifokorlarimiz 514 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter