Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 5 kishi koronavirusga chalingan. Kasallanganlar aholi orasidan ham aniqlandi

Yana 5 kishi koronavirusga chalingan. Kasallanganlar aholi orasidan ham aniqlandi

2020 yil 29 may soat 16:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3468 (+5) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Toshkent shahrida qayd etildi. Ularning 2 nafari aholi orasidan, 2 nafari esa karantindagi fuqarolar orasidan aniqlangan. Toshkent viloyatidan kasalligi aniqlangan 1 nafar bemor ham statsionar karantindagi fuqarolar orasidan tasdiqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Mamlakatimizda 731 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring