Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 18 kishida koronavirus aniqlandi. Qaysi hududlarda aholi orasidan virus topilgani ma’lum qilindi

Yana 18 kishida koronavirus aniqlandi. Qaysi hududlarda aholi orasidan virus topilgani ma’lum qilindi

Joriy yil 24 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 (+18) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xorijdan kelgan, yana 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 8 holatda poytaxtimizda, 1 holatda esa Namangan viloyatida aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 572 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring