Xitoylik olimlar COVID-19dan tuzalgandan keyin ham yuzaga chiquvchi asoratlarni aniqlashdi
Koronavirusni boshidan o‘tkazgan ko‘pgina bemorlar ahvoli yomonlagidan shikoyat qilishmoqda. Xitoylik tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuzalgach sog‘liq bilan bog‘liq muammolar yarim yildan keyin ham qaytalanmoqda, deya xabar berdi «China daily» nashri.
Tadqiqotda 7-yanvardan 29-maygacha COVID-19dan tuzalgan 1733 nafar bemor ishtirok etgan.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, odamlarni ko‘proq charchoq, mushaklardagi quvvatsizlik, vahima oshishi va uyqu bilan bog‘liq muammolar bezovta qilyapti.
Fuqarolar tuzalgandan so‘ng o‘rtacha yarim yil o‘tgach noxushlikni his qila boshlaydilar, deya ta’kidlashdi xitoylik shifokorlar. So‘rovnoma ishtirokchilarining qariyb 50%ida vahima paydo bo‘lgan, 20%ida esa psixologik muammo alomatlari kelib chiqqan.
Pekindagi Xitoy-Yapon do‘stlik gospitali bosh shifokori o‘rinbosari Sao Binning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadqiqot natijalari kasallikka chalinganlarni davolash usullari, dorilar, vaksinalar ishlab chiqish uchun nihoyatda foydali. Boz ustiga, bunday ma’lumotlar koronavirusning yangidan tarqalishini aniqlash uchun zarur.
Mutaxassis koronavirusni boshidan o‘tkazganlarga ahvolini tezroq yaxshilashi uchun sport bilan shug‘ullanishni boshlashni, ichish va chekishni tashlashni, parhez va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishni maslahat berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter