Xitoylik momo yarim yilda ikki marta koronavirusga chalindi

Xitoyning Xubey provinsiyasi Szinchjou shahrida istiqomat qiluvchi ayol yarim yil ichida ikkinchi marta yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bergan.
Ismi sir saqlanayotgan 68 yoshli xitoylik momo 8-fevral kuni COVID-19 bilan kasallanib qolgandi va o‘sha oyda davolanib, xastalikdan tuzalgandi. 9-avgust kuni unga yana yangi koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yildi. Bemorni karantinga olishib, davo muolajalarini buyurishdi. U bilan muloqotda bo‘lganlarning ham barchasi infeksiyaga tekshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter