Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar: ko‘zoynak taquvchi kishilar kamroq koronavirusga chalinadi

Mutaxassislar: ko‘zoynak taquvchi kishilar kamroq koronavirusga chalinadi

Foto: «Google.com»

Hindistonlik olimlar koronavirus pandemiyasi paytida ko‘zoynak taqadigan odamlar taqmaydigan kishilarga qaraganda ko‘proq himoyalangan bo‘ladi degan xulosaga kelishdi, deb yozadi The Sunday Telegraph.

Tadqiqotchilar COVID-19 bilan kasallangan 304 bemor o‘rtasida so‘rov o‘tkazdilar va ularning 19 foizi asosan ko‘zoynak taqib yurishlarini aniqladilar. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday aksessuarlarni kuniga sakkiz soat davomida olib yuradiganlar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirishadi, shu bilan birga ular yuz va ko‘zlarga kamdan-kam qo‘l bilan tegishadi.

Shuningdek, ular ko‘zoynaklar shilliq qavat orqali COVID-19 infeksiyasini oldini oluvchi himoya omil bo‘lishi mumkinligini isbotladilar.

Avvalroq mataxassis koronavirus yuqishi xavfini oshiruvchi zararli odatlar haqida fikrini aytib o‘tgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring