Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirus odam tomonidan yaratilmaganini isbotlashdi

Olimlar koronavirus odam tomonidan yaratilmaganini isbotlashdi

Foto: unsplash.com

Xitoylik va britaniyalik olimlar o‘z tadqiqotlarida COVID-19ning tabiiy kelib chiqishini isbotladilar. Bu haqda xorij matbuoti xabar bermoqda.

Tadqiqot mualliflaridan biri Chun-Ining ta’kidlashicha, 2003-yilgi SARS-CoV virusi bilan taqqoslaganda SARS-CoV-2 koronavirusi odam populyasiyasiga juda moslashgan. Uning jonivordan odamga moslashuvchanligi o‘zgarishi uzoqroq davom etishi kerak edi.

Moslashuvchanlikdagi bunday o‘zgarish hozirgi koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin va bosqichma-bosqich yuz bergan bo‘lishi mumkin. Shu bois SARS-CoV-2 katta shahardagi jonivorlar bozorida yoki bo‘lmasa laboratoriyada rivojlana olmaydi.

Tadqiqot chog‘ida mutaxassislar COVID-19 viruslarining tarqalishi yovvoyi hayvonlarda ham, odamlarda ham takroriy o‘zaro zararlanishga duchor bo‘lgan degan xulosaga kelishdi. Shu bilan birga, vaqt o‘tishi bilan viruslar odamlarga moslasha oladigan mutatsiyalarni to‘playdi.

JSST bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusning kelib chiqishi borasida laboratoriyadan tarqagan bo‘lishi mumkin degan taxminni tan oldi. Shu munosabat bilan tashkilot dastlabki yuqtirish holatlari qayd etilgan laboratoriyalarni tekshirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring