Surxondaryo viloyati hokimi koronavirusdan tuzalib, ishga qaytdi (foto)
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, vohaga qaytdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bergan.
T. Bobolov Termizga yetib kelgani hamono, aeroportda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan majlis o‘tkazgan.
«Vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda boshqa zarur masalalar hususida atroflicha fikr almashildi.
Viloyat hokimi yangi g‘oyalar bilan o‘z vazifasini bajarishga kirishdi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter