Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 17 kishida koronavirus aniqlandi, Jizzaxda esa bemor qolmadi (infografika)

Samarqandda 17 kishida koronavirus aniqlandi, Jizzaxda esa bemor qolmadi (infografika)

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi. Ularning barchasi sog‘aydi. Buni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan jadvalda ko‘rish mumkin.

Bemorlarning qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar keltirilgan jadvalda 29-aprel 23 30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgan 2002 nafar bemordan 1096 nafari, ya’ni 54 foizi kasallikdan tuzalgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Qashqadaryo va Navoiyda bir nafardan bemor qolgan.

Samarqand viloyatida esa, aksincha, vaziyat jiddiy tus olgan. 29-aprelning o‘zida (kunning ikkinchi yarimida) 17ta yangi holat qayd etilgan. Shuningdek, Namangan viloyatida ham kecha kunning ikkinchi yarimida 13ta yangi holat aniqlangan. Toshkentda 2 nafar, Andijonda 1 nafar koronavirusga chalinganlar qayd qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring