Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qorli sovuqda koronavirus tarqalishi kuchayadi» — shtab a’zosi

«Qorli sovuqda koronavirus tarqalishi kuchayadi» — shtab a’zosi

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassis qorli va sovuq ob-havoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi kuchayishi mumkinmi, degan savolga javob qaytardi.

«Dunyo olimlari, xususan, respublikamiz olimlari tadqiqotlariga ko‘ra, bu virus boshqa viruslarga nisbatan issiq havo yoki sovuq havoda nobud bo‘lmasligi tasdiqlanib kelinmoqda.

Ya’ni, havo harorati qanchalik sovuq bo‘lsa, virusning yashash imkoniyati kuchayishi kuzatilishi ta’kidlamoqda.

Koronavirus havo haroratining o‘ta yuqori bo‘lishida, ya’ni 70 darajadan yuqori haroratda suvda qaynatilsa, 5-15 daqiqada nobud bo‘lishi kuzatilgan.

Lekin havo harorati qanchalik past bo‘lsa, u sovuqda deyarlik uyqu holatiga ketadi, lekin o‘lmaydi, u yoki bu sathlarda, havoda organizmga tushishini kutadi, issiq organizmga tushishi bilan hayot faoliyatini davom ettiradi.

Ya’ni, koronavirus havo tomchi, fekal-oral va kontakt yo‘llari bilan yuqadi, demak, issiqroq kunlarga nisbatan sovuq kunlarda bunday muhitda saqlanishi uzoqroq bo‘ladi. Bu esa inson organizmiga tushishi imkoniyatini kuchaytiradi.

Masalan, inson organizmiga virus tushgan va hali kasallik alomatlari paydo bo‘lmagan. Ya’ni yashirin-inkubatsion davri kechmoqda. Bu davrda u virus tarqatuvchi hisoblanadi, ya’ni u o‘zidan virus ajratmoqda.

Havoga ajralgan virus yozgi kunda 3 soat turishi tasdiqlangan bo‘lsa, bugungi sovuq kunlarda u ko‘proq, ya’ni 5-6 soatgacha saqlanadi. Xitoy, Yevropa va AQSh olimlari koronavirus sathlarda esa 3-5 kungacha, suv kabi suyukliklarda 9 kungacha saqlanishi to‘g‘risida maqolalarida yozmoqda.

Bundan kelib chiqadiki, agarda Siz odam gavjum joylarga borsangiz va u yerda niqob, qo‘lqop kabi himoya vositalaridan foydalanmasangiz, masofa saqlanmasa hamda qo‘llarga tez-tez ishlov berilmasa, koronavirus organizmga tushishi aniq va ayniqsa odamlar ko‘p joylarda kasallanish juda ham yuqori bo‘ladi.

Bugungi sovuq kunlarda eng yaxshisi alohidalanish va imkon qadar uyda qolish muhimdir. Lekin agar ish yuzasidan uydan tashqariga chiqsangiz, albatta niqob va qo‘lqoplarni qoidaga rioya qilgan holda taqib yuring, masofani saqlang, doimiy ravishda qo‘llarni sovunlab yuving yoki antiseptiklar bilan ishlov bering. Uyga qaytganda esa, tashqarida kiyilgan ustki kiyimlarni daxlizda qoldiring, uyda birinchi qo‘llarni uzoq muddat sovunlab yuving, yuzni, ko‘zlarni, tomoqlarni va burunlarni issiqroq suvda kamida 3 marta chayib tashlang.

Shu tariqa uyingizga virusni olib kirishdan saqlanasiz», deya maslahat bergan mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring