Prezident Nukusga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov xotirasiga bag‘ishlangan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish uchun Nukus shahriga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, atoqli davlat va jamoat arbobi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov shu yil 31-iyul kuni 73 yoshida og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi Musa Yerniyazovning koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter