Pandemiya qachon tugaydi?
Vaksinalar ishlab chiqarish ko‘payayotgani sababli, koronavirus pandemiyasi kelasi yilning kuzida tugashi mumkin, dedi Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel.
«Agar so‘nggi olti oy mobaynida butun sanoat bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatining kengayishiga nazar tashlasangiz, kelgusi yilning o‘rtalariga kelib Yer yuzidagi hamma odamlar emlanish uchun yetarli miqdorda dozaga ega bo‘lishadi», — dedi Bansel Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, emlashdan bosh tortganlar koronavirusga chalinadi, chunki hozirda dunyoda hukmronlik qilayotgan delta shtammi o‘ta yuqumli. Moderna bosh direktori 2022-yilning ikkinchi yarmida normal hayotga qaytish mumkinmi degan savolga javob berar ekan, bu bir yildan keyin sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter