Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zida koronavirus alomatini sezganlarga murojaat qilindi

O‘zida koronavirus alomatini sezganlarga murojaat qilindi

Illyustrativ foto

Poytaxtimizda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi  tomonidan 4 ta saralash va taqsimlash markazlari tashkil qilingan, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ular:

  • 814 o‘rinli «O‘zekspomarkaz» 1-2 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-uy);

Google Xarita bo‘yicha aniq manzil

  • 1 000 o‘rinli «O‘zekspomarkaz» 3-4 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-uy);

Google Xarita bo‘yicha aniq manzil

  • 750 o‘rinli «Universal» sport majmuasi (Yunusobod tumani, Korxojiota ko‘chasi, 2A-uy);

Google Xarita bo‘yicha aniq manzil

  • 520 o‘rinli «Yoshlik» sport majmuasi (Shayxontohur tumani, Paxtakor ko‘chasi, mo‘ljal: «Paxtakor» metro bekati).

Google Xarita bo‘yicha aniq manzil

Bu yerda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zida «COVID-19» alomatlarini sezgan yoki bu kasallikka chalingan fuqarolar ushbu maskanlarga uch yo‘l bilan, ya’ni :

➖tez tibbiy yordam mashinasida;

➖oilaviy poliklinika qoshidagi mobil brigada yordamida;

➖o‘zlari borishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu markazlarga murojaat qilgan har bir bemorga shifokorlarimiz tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bordi-yu, kasallik yengil, alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, bunday bemorlarga kerakli dori vositalari va tavsiyalar berilib, ular uyda davolashga o‘tkazilmoqda.

Saralash va taqsimlash markazlarida jami 3 084 ta o‘rin tashkil qilingan. Ushbu markazlar o‘z faoliyatini boshlanganidan buyon 3 777 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2 688 nafari yotqizilgan, 1 336 nafari esa sog‘ayib, uylariga yuborilgan.

Hozirda «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni saralash va taqsimlash markazlarida 1 843 ta bo‘sh o‘rin mavjud.

Ushbu markazlarga joylashish bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring