O‘zbekistonda «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlandi
![O‘zbekistonda «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_347913415.jpg)
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Uch oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Men vaksina oldim» (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlandi.
Shuningdek, aksiya doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov va akademiya prorektori, professor Ma’ruf Karimovlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter