Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan bog‘liq xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi (audio)

O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan bog‘liq xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi (audio)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va turli axborot saytlarida joriy yil 9 avgustdan boshlab mamlakatimizda ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash 1 hafta muddatga vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, bu xabar keng omma orasida turli bahs-munozaralarga, aholi o‘rtasida «ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgani «Nega ochiq e’lon qilinmayapti?», «Vaksinaning ikkinchi va uchinchi dozasini olmoqchi bo‘lgan fuqarolar endi nima qilsin?» kabi ko‘plab savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi media hollda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Nurmat Otabekovning qayd etishicha, ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini olganlarning 50 foizi ikkinchi dozani olishga, 70 foizi uchinchi vaksinani olishga kelmagan. Shu sababli hamda aholining ko‘proq qismini qamrab olish uchun olib kelingan vaksinalar birinchi doza emlash uchun ishlatilmoqda.

Ushbu bayonotning to‘liq shaklini audio formatdagi xabarda eshitishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring