Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasi majburlab uylantirgan kuyov to‘ydan ikki kun o‘tib vafot etdi — Hindiston

Ota-onasi majburlab uylantirgan kuyov to‘ydan ikki kun o‘tib vafot etdi — Hindiston

Foto: «Pixabay»

Hindistonda 30 yoshli kuyov to‘ydan ikki kun o‘tib vafot etdi. U 300 dan ziyod insonga koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinyapti, deb xabar berdi «New York Post».

Xabarga ko‘ra, kasbi dasturchi-muhandis bo‘lgan kuyov kasalligi bois (kuchli isitma va diareya) oila kattalaridan to‘yni o‘tkazmaslikni so‘ragan. Ammo unga quloq tutishmagan...

Eng ajablanarlisi, 14-iyun kuni kasali zo‘rayib ketgan kuyov ertasiga belgilangan to‘yni to‘xtatishga urinib ko‘rganida har ikki tomonning oila kattalari bunga unashmagan. To‘y bekor bo‘lsa, ular katta xarajatga tushishardi, degan kuyovning qarindoshlaridan biri.

To‘ydan so‘ng, ikki kun o‘tib, kuyovning ahvoli keskin yomonlashgan. Kasalxonaga ketishda, yo‘lning o‘zida jon taslim qilgan. Jasadini hindcha odatlarga ko‘ra, o‘tda kuydirishgan, koronavirusga chalinganini esa bilishmagan ham.

O‘sha qarindoshning aytishicha, qishloq tumanlarida bu kasallik kam kuzatilayotgani uchun odamlar koronavirusdan unchalik cho‘chishmaydi.

Ayni paytda mahalliy hukumat infeksiya keng tarqab ketishining oldini olishga urinmoqda. To‘yda qatnashgan odamlar (360 dan ortiq) tekshirilganida, 15 nafarida koronavirus aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring