Olimlarning aytishicha, COVID-19 Xitoydan oldin AQShda paydo bo‘lgan
2019-yil dekabrda to‘plangan AQSh aholisining qon namunalarini o‘rganish ularning ayrimlari allaqachon yangi virusni yuqtirib olganini ko‘rsatmoqda.
Xitoy hukumati Uxan shahrida sirli pnevmoniya holatining paydo bo‘lishi haqida ilk bor 2019-yil 31- dekabrda rasman e’lon qildi. AQShda birinchi tasdiqlangan COVID-19 holati 2020-yil 20-yanvarda qayd etilgan. O‘shanda Xitoydan kelgan vashingtonlik kishi kasallikka chalingandi.
«Clinical Infectious Diseases» jurnalining yozishicha, AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazida (CDC) qon namunalarini retrospektiv tekshirish o‘tkazildi. Olimlar Amerika Qizil Xoch tashkiloti tomonidan 2019-yil 13-dekabrdan 2020-yil 17-yanvargacha to‘qqizta shtatda to‘plangan 7 mingdan ziyod qon namunalarini tahlil qilishdi.
Buni qarangki, tahlillar 106 ta namunada SARS-CoV-2ga qarshi antitanacha borligini ko‘rsatdi. Ulardan 39 tasi Kaliforniyada, yana 67 tasi Konnektikut, Ayova, Massachusets, Michigan, Rod-Aylend va Viskonsinda topilgan. Qo‘shimcha testlar aniqlangan antitanacha aynan SARS-CoV-2ga xos ekanligini tasdiqladi.
Virusologlarning fikricha, antitanachaning mavjudligi donorlar avval ham virus bilan aloqada bo‘lganligini anglatadi.
Endi tadqiqotchilar bu odamlar bilan bog‘lanib, 2019-yilning oxirida sayohatga chiqqan-chiqmaganligini, COVID-19ga xos alomatlarni boshidan o‘tkazgan-o‘tkazmaganligini aniqlashni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter