Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusni sun’iy yo‘l bilan yaratishdi

Olimlar koronavirusni sun’iy yo‘l bilan yaratishdi

Xalqaro olimlar guruhi qayta genetika yo‘li bilan SARS-CoV-2 virusini sun’iy tarzda yaratishdi. Xabar qilinishicha, bu virus tabiiysidan farq qilmaydi.

Olimlarning aytishicha, virusni yaratishda AQShda koronavirusdan og‘rigan ilk bemor topshirgan tahlil natijalaridan foydalanilgan. Sun’iy virus kasallikka qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qayta genetika yo‘li bilan yaratilgan sun’iy virusni o‘rganish katta imkoniyat taqdim etadi. Bunday holatda, virus nimadan iborat ekani va qanday zaif nuqtalari borligini aniqlash mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring