Olimlar: koronavirus odam organizmiga moslashib oldi, endi yuqishi tezlashadi
Gonkong Politexnika universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi tipdagi koronavirus mutatsiyasini to‘xtatib, odam organizmiga moslashib olgan va yanada yuqumli virusga aylangan bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi «South China Morning Post» nashri.
Bir guruh olimlar iyunning oxiridan buyon turli infeksiya o‘choqlaridan olingan namunalarni tahlil qilishdi. Ular kasallikning hozirgi uchinchi to‘lqinida virusni yuqtirgan bemorlarning hamda oldinroq olingan namunalarning shtammlari orasidagi genetik o‘xshashlikni aniqlashdi.
«Koronavirus birinchi va ikkinchi to‘lqin vaqtida mutatsiyasini davom ettirgan. Buni o‘sha paytda o‘tkazgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi. Bu safar natijalar mutlaqo boshqacha. Virus mutatsiyasini to‘xtatib, odam organizmiga moslashganini yoki ushbu odamlarning hammasi virusni bitta joyda va bir vaqtda yuqtirganini anglatadi», — deb hisoblaydi Politexnika universiteti dotsent Jilman Siu.
Xitoy universiteti professori Devid Xueyning fikricha, virus odam organizmiga juda yaxshi moslashib olib, dastlabki ikki to‘lqindagidan ko‘ra zararliroq infeksiyaga aylangan.
Bundan tashqari, olimlar mahalliy va xorijda yuqtirilgan namunalarning shtammlari o‘rtasida yuqori darajada genetik o‘xshashlikni aniqlashdi. Professor Siuning so‘zlariga ko‘ra, aksar COVID-19 yangi o‘choqlarining manbai xorijdan olib kelingan holatlar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter