Nyu-Yorkda qariyb 100 ta politsiyachi koronavirusni yuqtirib oldi
Nyu-Yorkda 98 nafar politsiyachi koronavirusni yuqtirib oldi, deya ma’lum qildi Nyu-York politsiya shefi Dermot Shi.
Hozir Nyu-York politsiyasi o‘zlarining odatiy vazifalaridan tashqari virus tarqalishining oldini olish maqsadida shahar ko‘chalarida odamlar ko‘p to‘planmasligini ham nazorat qilyapti.
«Nyu-York politsiyasida 98 kishi koronavirusni yuqtirgan», — deydi Shi. Ulardan 95 nafari uyda davolanmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».
Nyu-Yorkda jami 9045 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lib, shundan 63 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Shahar meri Bill de Blazioning so‘zlariga ko‘ra, shaharda kasallanganlar soni butun mamlakat bo‘yicha barcha holatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
AQSh yangi virus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda XXR va Italiyadan so‘ng uchinchi o‘rinda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter