Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi
Bugun, 3-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi:
— Yoz faslida yo‘l chetida uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja yoki salqin ichimliklar sotish mumkinmi?
— Yo‘q, mumkin emas. Ruxsat etilmagan katta yo‘l yoqalari, noturg‘un joylarda barcha turdagi maxsulotlarni, jumladan uy sharoitida tayyorlangan salqin ichimliklar, bochkalardagi morslar, freyzerda quyib beriladigan muzqaymoqlar qat’iyan man etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 378- va 251-sonli qarorlariga muvofiq noqonuniy ko‘cha savdosi nazorati soliq organlariga yuklatilgan.
— Karantindan chiqqan fuqaro bilan qo‘l berib ko‘rishish mumkinmi?
— Nafaqat karantin zonadan kelgan, balki boshqa insonlar bilan ham qo‘l berib, quchoqlashib, bosh urishtirib va o‘pishib ko‘rishish mumkin emas!
— Karantinga olingan uy zina tutqichlari va lift ichi har necha kunda dezinfeksiya qilinishi kerak?
— Ko‘p qavatli uylarda pod’yezd, zinapoya, tambur, lift, kirish joyi, chiqindi tashlash joylarida joriy va yakuniy dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.
Joriy dezinfeksiya ko‘p qavatli uyda yashovchi aholini ogohlantirgan holda kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun o‘tkaziladi.
— Men Yunusobod tumanida yashayman. Shu tumanda do‘kon egasida koronavirus aniqlanganini eshitdim. Aynan qaysi daha va qaysi do‘konda aniqlangani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berolasizmi?
— Yunusobod tumanidagi do‘konda virus aniqlanganligi uydan chiqishda ehtiyot choralarini ko‘rish uchun yetarli, deb o‘ylaymiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter