Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimi koronavirusdan tuzaldi

Navoiy viloyati hokimi koronavirusdan tuzaldi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkent shahrida davom etgan ma’lum muddat davolanishdan so‘ng to‘liq sog‘aydi hamda o‘z faoliyani davom ettirishga kirishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Q.Tursunov viloyat hokimligining mas’ul xodimlari – hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan o‘tkazgan dastlabki yig‘ilishida pandemiyani jilovlash jarayonlarida birinchi navbatda aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, har tomonlama murakkab sharoitda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning barcha bo‘g‘inlarida barqaror ish tizimini ta’minlashda mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘laqonli safarbar etish davr talabi ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring