Namibiyaning birinchi prezidenti COVID-19ga chalindi
Namibiyaning birinchi prezidenti 91 yoshli Sem Nuyoma koronavirusni yuqtirib olganligi bois shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi mamlakatning amaldagi prezidenti Xage Geyngob.
«Namibiya xalqiga shuni ma’lum qilmoqchimanki, Namibiya Respublikasiga asos solgan prezident Sem Shafishuna Nuyoma 2020-yil 6-dekabr kuni COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqandan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Asoschi prezident gospitalda davolanmoqda, ahvoli barqaror bo‘lib, yaxshilanish alomatlari kuzatilmoqda», — deb yozgan Geyngob «Facebook»da.
Sem Nuyoma 1990-yilda mamlakat JARdan mustaqillikka erishgandan so‘ng Namibiyaning birinchi prezidenti bo‘ldi. U 2005-yilgacha davlatga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter