«Murdasi kuydirilgan» hind uyiga qaytib keldi
Hindistonda bir odam «koronavirus tufayli vafot etgach murdasi kuydirilgandan so‘ng» hech nima bo‘lmaganday uyiga qaytib ketdi, deya xabar berdi NDTV.
Noyabr oyi boshlarida koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan 75 yoshli odam shifoxonaga tushgan. Bir necha kundan so‘ng tibbiyot muassasasi oilasi bilan bog‘lanib, qayg‘uli xabarni yetkazishgan.
COVID-19dan vafot etganlarning murdasini saqlash protokoliga binoan, qarindoshlar marhumning yoniga yo‘latilmagan, shifokorlar uni ma’lum masofadangina ko‘rsatishgan.
Shundan so‘ng qarindoshlari erkakning murdasini yoqishib, an’anaviy xayrlashuv marosimini o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Biroq shu payt shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, uning tirik ekanligi, tuzalgani va uyiga qaytishga tayyor ekanligini xabar berishgan.
«Biz shokka tushib qoldik. Uni uyga olib keldik. Kimni yoqib yuborganimizni bilmaymiz», — dedi «tirilgan» bemorning o‘g‘li.
Oxir-oqibat, aniqlanishicha, o‘sha kuni koronavirusdan boshqa bir bemor vafot etgan, uni adashtirib qo‘yishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter