Kuz — COVID-19 bilan «uchrashish» uchun eng yomon davr
Koronavirus qachon yuqishidan qat’i nazar og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo xavflilik borasida kuzgisiga yetadigan yo‘q. Bu haqda infeksionist, vaksinolog, «Lider-Meditsina» tibbiyot markazi bosh shifokori Yevgeniy Timakov ogohlantirmoqda.
COVID-19ning kuzgi tarqalishi gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklar bilan bir paytga to‘g‘ri kelyapti.
«Aksariyat odamlar, hoynahoy, COVID-19 bilan ilk marta uchrashib bo‘lgan. Gap ularga tushgan virus yuklamasida. Agar yuklama uncha katta bo‘lmasa organizm COVID-19 bilan shunchaki «uchrashib», «tanishadi». COVID-19 bilan jiddiyroq to‘qnashishdan avval esa immunitet shakllangani ma’qul. Bunga esa vaksinatsiya yoki oldindan kasallanish orqali erishiladi», — dedi shifokor «Sputnik» radiosi bilan suhbatda.
Ekspertning ta’kidlashicha, kasalliklarning yonma-yon kechishida vaksinatsiya xavfni kamaytiradi. Niqoblardan foydalanish esa yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.
«Hozir koronavirus bilan yonma-yon kuzgi yuqumli kasalliklar kirib kelyapti, bemorlarda ketma-ket yoki bir paytning o‘zida infeksion jarayonlar kuzatilishi mumkin. Kuz — COVID-19 bilan «uchrashish» uchun eng yomon davr. Shuning uchun organizmga viruslar ko‘p tushishidan asranishimiz kerak», — qo‘shimcha qildi Timakov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter