Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning alomatsiz tashuvchilari ham xatarlimi?

Koronavirusning alomatsiz tashuvchilari ham xatarlimi?

Foto: «Koronavirus.center»

Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 ning alomatsiz tashuvchisi bo‘lgan odamlar maishiy buyumlar yuzasida patogen qoldirib, atrof-muhitga virus tarqatishini isbotlashdi. Tadqiqotchilarning maqolasi «Emerging Infectious Diseases» jurnalida chop etildi.

Ma’lumki, SARS-CoV-2 atrof-muhitda bir necha soat yoki bir necha kun qolganda ham, yashovchanligini yo‘qotmaydi va xavfli bo‘lib qolaveradi. Inkubatsion davrida bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘idan olingan surtmalarda kasallikni yuqtirgan ikkinchi kunidayoq virusning yuqori darajasi aniqlangan. Shu paytgacha virusning alomatsiz tashuvchilari atrof-muhitga virus ajratishini isbotlovchi ishonchli dalil yo‘q edi. Olimlar bu farazni tasdiqlash uchun kasallik alomatlari paydo bo‘lgunga qadar COVID-19 ni yuqtirgan ikki talaba yashagan karantindagi ikkita xonadan to‘plangan sinamalarda virusli RNK bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishdi.

Xorijda ta’lim olayotgan ikki yigit 2020-yil 19 va 20-mart kunlari Xitoyga qaytishgan. Ularning isitmasi ham, boshqa klinik belgilari ham bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular 14 kunlik karantinga joylangan. Tahlil natijalari ikkala talabaning ham organizmida RNK SARS-CoV-2 borligini ko‘rsatgach, ular shifoxonaga joylangan. Tashxis qo‘yilganidan uch soat o‘tib tadqiqotchilar ular yashagan xonalardagi buyumlar, jumladan, eshik tutqichlari, chiroq yoqqichlar, termometr, televizor pulti, choyshab va vanna xonasidan namunalar olishgan.

Jami 22 ta namuna to‘plangan, ulardan sakkiztasida koronavirusli RNK qayd etilgan. Eng ko‘p virusli zarralar choyshab, ko‘rpajild, yostiqjild va sochiqlarda aniqlangan. Virus bor-yo‘g‘i 24 soatda tarqalib ketgan.

Zararlangan buyumlardagi infeksiyani yuqtirib olmaslik uchun mutaxassislar tez-tez nam latta bilan artib turishni, choyshabni to‘g‘ri yuvishni, uni qoqmasdan, yaxshilab quritishni tavsiya etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring