Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga issiq haroratning ta’siri o‘rganildi

Koronavirusga issiq haroratning ta’siri o‘rganildi

Koronavirusning tarqalishi issiq havo hamda ultrabinafsha nurlar ta’sirida sekinlashadi. AQShning Maunt Obern kasalxonasi mutaxassislarining tadqiqotida bu holat aniqlangan.

AQShda COVID-19 bilan kasallanishning 2020-yil bahor oylaridagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan olimlar koronavirusning tarqalishi yoki aksincha, tarqalmasligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida havo harorati, ultrabinafsha nurlar, namlik va boshqa ko‘rsatkichlarni keltirishgan. Unga ko‘ra, selsiy bo‘yicha harorat 10 darajadan baland bo‘lganida infeksiyaning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi.

Olimlar Selsiy bo‘yicha 10 darajadan baland havo haroratida virusning nisbatan qisqa davrda yashab qolishi mumkinligi, shuningdek, SARS-CoV-2 zarrachalari yuqori ultrabinafsha nurlari ta’sirida faollashishdan to‘xtashini aniqlagan. Qolgan omillar, jumladan, havo namligi kasallik tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga kelingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring