Koronavirus qurbonlari soni 5 million nafardan oshdi
Koronavirus global pandemiyasi qurbonlari soni 5 million nafardan oshdi.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra (03.11.2021), jahonda koronavirus pandemiyasi davrida kasallanish holatlari soni jami 248 283 693 taga yetgan. Bemorlarning 224 994 688 nafari (90,6 foizi) sog‘aygan. Koronavirusga chalinganlarning 5 028 607 nafari (2 foizi) vafot etgan.
Kovid oqibatida o‘lim holatlari eng ko‘p mamlakatlar:
- AQSh — 768 847
- Braziliya — 608 118
- Hindiston — 459 203
- Meksika — 288 733
- Rossiya — 240 871
- Peru — 200 300.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter