Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinga olinganlarni chiqarish muddati cho‘zilib ketilayotganiga izoh berildi

Karantinga olinganlarni chiqarish muddati cho‘zilib ketilayotganiga izoh berildi

AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Koronovirusga chalingan odamlar qancha muddatda tuzaladi o‘zi? Nima uchun karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketyapti?
— Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi. Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi. Virus ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas.

— Karantinga ixtiyoriy kirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, kimga murojat qilish kerak?
— Agar sizda bemor bilan muloqot bo‘lgan bo‘lsa, karantinga kirish majburiy. Sizga epidemiologik ko‘rsatma bo‘lmasa, salomatligingiz yaxshi bo‘lsa, karantinga ixtiyoriy kirish mumkin emas va bunga ehtiyojning o‘zi yo‘q.

— Navoiydagi «Metallurg» sixatgohida 14 kun davomida karantinda shifokor sifatida ishladim. Karantin tugadi va hamma sog‘ayib uylariga qaytishdi. Biz vrachlarga hokimiyat tomonidan 2 mln so‘m berildi. Prezidentimiz bir martarlik rag‘batlantirish Qarori bizga ham tegishlimi?
— Agar siz karantinda laborator tasdiqlangan bemorlarni davolagan bo‘lsangiz va shu bilan xavf ostida bo‘lgan bo‘lsangiz, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan rag‘batlantirish Qarori Sizga ham taalluqli bo‘lar edi. Agar karntinda bo‘lganlarning hammasi sog‘ bo‘lsa — asosiy moyanangizga qo‘shiladigan foiz beriladi, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring