Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinga olingan uyni qo‘riqlayotgan IIV xodimi vazifasi nimadan iborat?

Karantinga olingan uyni qo‘riqlayotgan IIV xodimi vazifasi nimadan iborat?

Foto: O‘zA

Avval ma’lum qilganimizdek, AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida muhim savollarga javob qaytarildi.

— Karantin (uy) hududini qo‘riqlashda militsioner VAZIFALARI qayerda ko‘rsatilgan? Ularning huquqlari, majburiyatlari va nimalarni amalga oshirishlari mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lumot bersangiz.
— Hozirgi vaqtda 61 831 nafar fuqaro uy sharoitidagi karantinda saqlanmoqda. Toshkent shahrida ular 6 820 nafarni tashkil etadi. Ularning barchasi ogohlantirilgan va karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari to‘g‘risida tilxat olingan.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari karantinda bo‘lgan har bir oilaga biriktirilgan. Ularning asosiy vazifasi:

▪️karantindagilarning ko‘chaga chiqishlariga YO‘L QO‘YMASLIK,

▪️ularning hech kim bilan MULOQOT qilmasliklarini nazorat qilish,

▪️ularga oziq-ovqat olib kelgan yaqinlari, qo‘shni va qarindoshlariga EShIK OLDIDA qoldirish to‘g‘risida ogohlantirishdan iborat.

Agar xodimlar tartib buzilganini aniqlashsa, shu zahoti eng qattiq choralarni qo‘llashadi.

— Uyda boqiladigan itlarni sayr qildirish to‘g‘risida ma’lumot bersangiz?
— Muhim masala. Katta itlarni sayr qildirish zarur. Itlarni sayr qildirish TAQIQLANMAYDI. Biroq sayr qildirishda ehtiyot choralariga rioya qilishingiz kerak:

➖ uy atrofidan uzoqlashmasligingiz;

➖ itga tumshuqbog‘ taqishingiz;

➖ itingiz orqasidan tozalashingiz lozim.

Ichki ishlar xodimlari agar uyingizdan uzoqlashganingizda Sizni ogohlantirish huquqiga ega. Bundan tashqari, it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka ham tortishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring