Karantinga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda
Ayrim davlatlardan yurtimizga kirib keluvchi yo‘lovchilarni karantinga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda. Bu haqda CCV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 90-son bayonining ayrim-bandlarida belgilangan quyidagi cheklov va talablar bekor qilinmoqda:
- Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkongdan xalqaro aviaqatnovlarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatish;
- mazkur davlatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaslik;
- Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan e’tiboran 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki ularni o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq barcha muassasalarida an’anaviy ta’limga qaytilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter