Karantin vaqtida ma’muriy jarimani yoki alimentni to‘lamasa bo‘ladimi?
Bugun AOKA shtabida Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ishtirok brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
– MIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam bo‘yicha ma’muriy jarimani 15 kun ichida to‘lashim kerakligini tushuntirishdi. Karantin vaqtida bu to‘g‘rimi?
– Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Prezident Farmoniga ko‘ra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.
Siz ushbu jarimani Telegram tarmog‘idagi @mibuzbot aloqa boti orqali to‘lashingiz mumkin.
– Qozog‘istonda ishlayman. Hozir karantin sababli ishlar to‘xtab, aliment yubora olmayapman. Karantin vaqtida aliment to‘lashga majburmanmi?
– Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
– Karantin vaziyatida MIB xodimlari ehtiyojmand qo‘shnilarimizning uylariga kelib-ketishmoqda. Ularning gazdan bo‘lgan qarzini to‘lashga yordam berishgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri?
– Byuro organlari tashabbusi bilan joylardagi kam ta’minlangan oilalarning foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gazdan bo‘lgan qarzlarini undirishga homiylik asosida, saxovatpesha tadbirkorlar, savobtalab insonlar jalb qilinmoqda.
Hozirga qadar 2 mingdan ortiq ehtiyojmand fuqarolarga kommunal xizmat uchun jami 426 mln. so‘mdan ziyod qarzdorliklarini bartaraf etish va boshqa amaliy yordamlar ko‘rsatish bilan bog‘liq saxovat tadbirlari tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter