Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni oshdi

Illyustrativ foto

2020-yil 9-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 (+34) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3444 (+87) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizning to‘qqiz xududidagi  tibbiyot muassasalarida jami 1020 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring