Hindistonning yangi shtammi o‘ta tez yuqadi — mutaxassis
Hindistonda tarqalgan «delta-plyus» (B.1.617.2.1) koronavirusining yangi turi juda yuqumli ekani aniqlandi. Bu haqda Hindiston tibbiyot fanlari instituti direktori Randip Guleriya ogohlantirdi, deb yozadi India Today.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, virusning ushbu turi yuqishi uchun tashuvchi shaxs shunchaki yoningizdan niqobsiz o‘tib ketsa kifoya. Bundan tashqari, shifokorlar va rasmiylar «delta-plyus» chidamli va immunitet tizimini «chetlab o‘tish» qobiliyatiga ega ekanligidan xavotirda.
Hozirgi vaqtda, olimning ta’kidlashicha, hindistonlik mutaxassislar vaksinalarning bu shtammga qarshi kurashda qanchalik samarali ekanligini baholash uchun tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirusning xavfli «hindcha» shtammi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter