Galdagi mo‘jiza Avstriyada yuz berdi
Avstriyaning Tirol federal hududida 95 yoshli otaxon koronavirusdan tuzalib, bugun, ya’ni 7-aprel kuni klinikadan chiqdi, deb yozadi «Kurier» nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qariyalar uyida yashovchi otaxonda 15-mart kuni yangi infeksiya alomatlari — holsizlik, isitma va yo‘tal kuzatilgan. U 18-martdan beri Insbruk klinikasining infeksion bo‘limida davolandi.
Shifoxonaga yotgach bemor ahvoli kundan-kunga yaxshilana boshlagan. Uch haftadan so‘ng, koronavirusga topshirilgan tahlil natijalari manfiy chiqdi va unga ruxsat berildi. «Bu mo‘jiza keksa yoshda ham ushbu kasallikni yengish mumkinligini ko‘rsatdi», — deydi infeksion bo‘lim boshlig‘i Roza Belman-Vayler.
Avstriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 243 nafarga yetgan, 12,5 ming kishi kasallangan. Ayni vaqtda ushbu mamlakatda bir kecha-kunduzda koronavirusdan tuzalganlar xastalikka chalinganlar sonidan oshadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter