Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaitida vazir koronavirus qurboni bo‘ldi

Gaitida vazir koronavirus qurboni bo‘ldi

Foto: «Lestatus.ru»

Gaiti hukumati ijtimoiy masalalar vaziri Emmanuel Kantavning koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Hamkasbimiz, ijtimoiy masalalar bo‘yicha davlat kotibi Emmanuel Kantav bugun ertalab bizni tark etdi. U COVID-19 bilan kasallangandi», — deb yozadi aloqa masalalari bo‘yicha davlat kotibi Eddi Jekson Aleksis «Twitter»dagi mikroblogida.

Jekson marhum vazirni inson huquqlarining chinakam himoyachisi sifatida ta’riflab, uning oilasi va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Gaitida 3548 kishi koronavirusga chalingan. Ayni vaqtda COVID-19 asoratlari tufayli 54 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring