Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yettita hududda yangi kasallanganlar aniqlandi

Yettita hududda yangi kasallanganlar aniqlandi

2020-yil 22-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 231 (+157) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmat xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 33 989 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 980 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring